Ayuverdaning hayotingizdagi 10 foydasi - Bizness.uz

Ayurvedaning kundalik hayotingizdagi 5 ta foydasi

google.com

Ayurveda nima yoki kim???

Ayurveda, yoga uchun “Sister Science” deb nomlanuvchi, tabiatda yaxlit bo’lgan qadimiy fan. 

5000 yildan ziyod vaqt mobaynida mavjud bo`lgan Ayurvedaning asosiy maqsadi – hissiy va jismoniy tomondan o’zini o’zi his qila olishini o`rgatishdan iborat. 

Ma`lumki ovqatlanayotgan taomimiz umumiy farovonligimizga ta’sir qiladi va bizni xushnud etadi yoki baxtsiz qiladi. 

Darhaqiqat, biz badanimizga kiritgan narsalarga asoslanib, energiya va hayotga to’lib-toshgan bo’lamiz. Bu Sattvic yondashuvi sifatida tanilgan.

SATTVIC nima?

Birinchidan, Sattvich Sanskrit tilida “sof mohiyat” degan ma’noni anglatadi. Sattvic Ayurveda ichidagi tavsiya etilgan ovqatlarga asoslanadi va sizning o`zingizdagi eng yaxshi qobilyat va hislarni namoyish etishga yordamlashadi.

Bu parhez tabiatda yaxlit holga keltirish uchun mo’ljallangan, bu sizning fikringizni, tanangizni va qalbingizni tarbiyalashni anglatadi va shuning uchun yoga va meditatsiya amaliyotiga katta yordam beradi.

Oziq-ovqatni tanamiz uchun yoqilg’i deb bilish, bu qadimiy amaliyotga mos keladi. Ayurveda bilan shug`ullanuvchilar odatda yaxshi konsentratsiya qilishlari mumkinligini, uyquni yaxshiroq his qilishlarini va umuman tashvishlanmasliklarini bildiradilar. 

Bu yerda Ayurvedaning kundalik hayotingizga 10 ta foydasi haqida maqola keltirilgan.

Quyida birinchi beshta foydasini ko`rib chiqamiz.

1. O'zingizni seva olasiz

Ayurveda, o’zingizni boshqa odamlarga taqqoslash o’rniga, sizni o`zingizni sevgashga, qadringizni bilishga va sevgi topishga chorlaydi va rag’batlantiradi. 

Siz o’zingizning chindan ham noyobligingiz va sizning shaxsiy hayotingizga eng qulay tarzda yondashishingiz uchun yaratilganingizni tushunishni istaydi. 

U sizning shaxsiy ehtiyojlaringizni aniqlash, shuningdek o’sib, davolay olish va hayotingizni aks ettirishga undaydi.

Ayurveda uchta asosiy tana turlaridan iborat bo’lib, ular doshas deb nomlanadi. Uchta dosha Vata, Pitta va Kapha. Bu haqida maqola e`lon qilinadi.

2. Sog'lom turmush tarzini yaxshilay olasiz

Ayurveda sizning sog’lom tabiiy holatingizni tushunishdan iborat. Siz va atrofingiz muvozanatda bo’lsa, bu tenglik sog’liqni saqlash deb hisoblanadi, Bu holat aksincha, muvozanatsiz bo’lishi mumkin. 

Misol uchun, siz ichkilikbozlik yoki odatda letargiya kabi sog’lig’dan tashvish chekayotgan bo’lsangiz, bu shunchaki muvozanatdan chiqib ketish masalasidir. 

Tengsizliklar o`zidan o`zi bir soatda sodir bo’lmaydi, shuning uchun muvozanat jarayonini oldini olish yoki sekinlashtirish uchun vaqt topishingiz zarur. 

Siz o`zingizni noqulay, odatdagiday his qilmayotganligingizni bilsangiz,  o’zingizning muvozanat holatingizga qaytish jarayonini boshlash uchun ovqatlanish tizimingizni o`z o`rniga qo`yishingiz va  taklif qilingan ovqatlarga murojaat qilishingiz mumkin.

3. Hayotingizdagi o`zingizning aniq o`rningizni topa olasiz

Ayurveda tabiatning bir qismidir. Tabiatda beshta element mavjud:

– Kosmik
– Havo
– Suv
– Yong’in
– Yer

Bu elementlarning o`zgarishi va ularning o`zaro aloqasi hayotda katta ahamiyatga ega va bu Ayurvedada amaliy ahamiyatga ega. Masalan, havo sizning tanangizda katta energiya bo`lib  paydo bo’ladi. 

Yong’in, olov, tanagizdagi oshqozon va g’azab kabilarni anglatsa Yer sizning suyaklaringiz, biror narsaga nisbatan o’jarlik va boshqalarga sodiqlikdir. 

Ularning muvozanatidandan xabardor bo’lsangiz, u holda o`zingizning ham muvozanatingiznini ko’rishingiz mumkin.

Siz uchun qaysi elementlar muhimligini yoki ahamiyati ko`proqligini aniqlashtira olsangiz siz qaysi doshaga  mos kelishingizni bila olasiz.

4. Energiyangizni tozalay olasiz

Hozirgi davrda biz o`zimizning jismoniy va aqliy qobilyatlarimizni rivojlantirib borishimiz lozim. Kundan kunga bo`layotgan o`zgarishlarga qarab moslashish fikrlashni oshirish, eski qolgan energiyalarni bilimlarni tozalash-yangilash lozim. 

Energiyani tozalash yangi narsalar uchun joy ajratish demakdir. Ichki tizimingizni ayurveda parhezi hamda aqliy energiyangizni va xotirjamligingizni meditatsiya va doimiy yoga bilan shug`ullanib turish orqali amalga oshirish mumkin.


5. Atrofingizdagi barcha narsalarni his qila olasiz va falsafiy yondasha olasiz

Ayurveda sizda ko`rib turgan teringizdan tashqari ichki nenergiyangiz, ichki olamingiz borligini eslatib turadi. 

Bundan tashqari ayurveda sizda barcha mavjud elementlani ro`yobga chiqarib turuvchi ruhingiz borligini doimiy ravishda eslatib turadi.

Sog`ligingiz yaxshi bo`lishi sizning jismonan tanangizda foyda bo`lishidan tashqari, sizning ruhan, jismonan va ma`nan muvozanatda bo`lishingizda yordam beradi.

Читайте также:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *