Бегона ўтлар ва уларга қарши курашиш йўллари

Выращивание бананов

Inson tomonidan ekilmaydigan, ammo ekinlar orasida o’zicha o’sib, ularga zarar yetkazadigan o’simliklar begona o’tlar deyiladi. Ular haqiqiy va shartli begona o’tlarga bo’linadi. Haqiqiy begona o’tlar – bu ekinlar orasida o’sadigan yovvoyi o’tlardir. Shartli begona o’tJar jumlasiga ekinzorda uchraydigan boshqa turdagi madaniy o’simliklar kiradi. MasaIan, makkajo’xori
dalasida uchraydigan kungaboqar, oqjo’xori, sudan o’ti shartli begona
o’t1ar hisoblanadi.

Begona o’tlar qishloq xo’jaligi ekinlarining yashash sharoitini yomonlash- tiradi. Ba’zilari parazit (boshqa o’simlik hisobiga yashovchi) hisoblanadi. Begona o’tlar asosiy o’simli.k1arga nisbatan jadal rivojlanib, ularni «siqib» qo’yadi, fotosintez jarayonini sustlashtiradi, natijada o’simlik nozik bo’lib, bo’yiga o’sib ketadi. Bu esa ekin hosildorligini kamayishiga, o’simlikning
yotib qolishi va mahsulot sifatining pasayishiga olib keladi. Shuningdek, begona o’tlarning i1diz tizimi kuchli rivojlanganligidan ular tuproqdan ko’p miqdorda oziq moddalarini o’zlashtirib, ularning zaxirasini kamaytiradi. Mahsulot yetishtirishga qilinayotgan yalpi xarajatlarning sezilarli qismi begona o’tlarni yo’qotishga sarflanmoqda: g’o’za qator oralarini begona
o’tlardan tozalash uchun gektariga 25 ishchi-kuni sarflanadi. Begona o’t1arni chopiq qilish paytida nihollarning o’rnidan ko’chib ketishi va shikastlanishi sababli ko’chat qalinJigiga putur yetadi, hosilga begona o’tlar urug’i, meva va barglari qo’shilib ketishi natijasida uning sifati yomonlashadi.

G’umay, ajriq, qamish kabi o’tlar bilan kuchli ifloslangan yerlardagi ekinlami parvarish qilish nihoyatda qiyin bo’ladi. Erta bahorda, hali rnadaniy o’sirnliklar unib chiqrnagan paytda zararkunandalar begona o’tlarda ko’payib, keyinchalik rnadaniy ekinlarga o’tadi. Kampirchopon, kakra, g’umay kabi o’tlarning urug’lari va tanalarida zaharli rnoddalar bo’lib, ular odarn va
hayvonlar uchun. zararli hisoblanadi. Kanal, ariq va boshqa sug’orish tarmoqlarida o’sadigan begona o’tlar suvning oqishini susaytirib, uning befoyda bug’lanib ketishi va sarflanishiga sabab bo’ladi. Begona o’tlar hosilni yig’ib-terib olishga ham halaqit beradi. G’aIla dalalaridagi
begona o’tlar kech yetilishi sababli don hosilini o’rib olish va yanchishda qiyinchiliklar tug’diradi, mahsulot namligining oshishiga ohb keladi. Shuningdek, begona o’tlar infeksiya tarqatuvchi rnanba hisoblanadi. Masalan, qora ituzum kartoshka rakini tashuvchidir.


BEGONA O’TLARNING BIOLOGIK XUSUSIY ATLARI, KO’PAYISHI VA TARQALISHI

Begona o’tlarning o’ziga xos xususiyatlaridan biri ularning serurug’ligidir: bir tup yovvoyi gultojixo’roz 500000 ta urug’, olabuta – 150 000, tuyaqorin – 200 000, ituzum – 45 000, semizo’t – 200 000, ayrirn begona o’tlar 700 000 va undan harn ko’p urug’ hosil qiladi. Madaniy o’sirnliklarda u 20~300 tadan ortmaydi. Begona o’tlar urug’i unuvchanlik xususiyatini uzoq yillar davomida saqlab qoladi: semizo’t urug’i 40 yildan, tugmachagul 57 yildan keyin ham shu qobiliyatini 6-18,2% saqlagan, itqo’noq urug’i 29’C sovuqda, yantoq urug’i 85-95’C
issiq suvda unuvchanligini yo’qotmagan. Begona o’tlar urug’i turli rnuddatlarda unib chiqishi sababli dalalarda bunday o’tlami yil davomida uchratish rnumkin Ayni bir vaqtda unib chiqqanida ulami yo’qotish ham ancha oson kechar edi. Mayda urug’li bir qancha bahorgi begona o’tlar urug’i 1-2 sm chuqurlikdan bernalol unib chiqsa, 5 sm va undan ortiqroq chuqurlikdan rnutlaqo unib chiqrnaydi. Itqo’noq urug’i 1~12 sm, yovvoyi suli urug’i 20 sm
chuqurlikdan harn unib chiqishi rnumkin.

G’umay, ajriq, qarnish, salornalaykum, qo’ypechak, yantoq, kakra kabi ko’p yillik begona o’tlar ildizpoyalarining bo’laklari, ildizbachkilari
hamda urug’laridan ko’payadi. Bir yillik va ikki yillik begona o’tlar, asosan, urug’laridan ko’payadi. Bu o’tlaming urug’lari shamol, suv, go’ng orqali, hayvonlar, qushlar va urug’lik vositasida tarqaladi. Qamish, ilono’t, oqbosh, qoqio’t urug’lari sharnol yordarnida tarqaladi. Shuvoq, qo’ytikan, tuyaqorin kabi o’tlar kuzda ildizidan uzilib va o’zaro chirmashib, dumaloq shaklga kirganicha, sharnolda yumalab, yo’l-yo’lakay urug’ini to’kib tarqaladi. Qo’ytikan va paxtatikan (lattatikan) yopishuvchi, ilashuvchi rnoslamalari – tikanlari bilan hayvonlar juniga, odarnlar kiyimiga yopishib tarqalsa, qora ituzum qushlar yordamida tarqaladi. Begona o’t urug’lari yaxshi tozaIanmagan urug’lik orqali ham tarqaladi. Dalalarga solinayotgan chirimagan go’ng ham begona o’tlar urug’ining tarqalishiga sabab bo’ladi. Ajriq, g’urnay, qamish kabi begona o’darning ildizpoyalari qishloq xo’jaligi mashinalarining ishchi organlariga ilashib tarqalishi ham mumkin.

NOPARAZIT BEGONA O’TLAR

Aksariyat begona o’tlar avtotrof (noparazit) bo’lib, ular ildizi orqali tuproqdan suv va oziq moddalarni o’zlashtirib, mustaqil hayot kechiradi. O’sish davrining qisqa yoki uzunligiga qarab, begona o’tlar kam yillik va ko’p yilliklarga bo’linadi. Kam yillik begona o’tlar bir yillik va ikki yillik bo’ladi. Eng ko’p va keng tarqalgan biologik guruhga mansub bir yillik begona o’tlar faqat
urug’idan ko’payadi. Vrug’larining unib chiqish muddatlariga ko’m ular efemerlar. erta bahorgi. Kech bahorgi. qishlovchi va kuzgi begona o’tlar bioguruhlariga bo’linadi.

Efemerlarning o’sish davri qisqa bo’lib, ularning hayoti unib chiqishidan urug’ yetilguncha 1,5-2 oy davom etadi. Bunga lolaqizg’aldoq, yulduzo’t
misol bo’ladi. Kuzda unib chiqqanlari qishlaydi. Vlar kuzgi g’alla, birinchi yilgi beda, kuzgi piyoz va boshqa ekinlar orasida ko’p uchraydi. Erta bahorgi begona o’tlar urug’i ilk ko’klamda, hali tuproq yaxshi qizimasidanoq unib chiqadi va ekinlar hosilini yig’ishtirib ‘olguncha yoki ular bilan bir vaqtda pishib yetildi. Bahorgi ekinlar orasida ko’p uchraydi. Yovvoyi suli, olabuta, jag’ -jag’ , qizil tasma shular jurnlasiga kiradi.

Kech bahorgi begona o’tlar urug’i bahorda tuproq yaxshi qiziganda unib chiqadi, sekin rivojlanib, urug’i ekinlar hosili yig’ib-terib olingandan keyin yetiladi. Keehki ekin1ar orasidagi o’tlar urug’i bir vaqtda yetiladi. Bularga gultojixo’roz, semizo’t, shamak, itqo’noq, burgan, tuyaqorin kabi o’dar kiradi. Qishlovchi begona o’darning maysalari bahorgi va kuzgi o’t sifatida
o’sish va hosil berish qobiliyatiga ega. Urug’lari bahor, yoz va kuzda unishi mumkin. Bahorda unganlari bahorgi o’dar singari o’sib, shu yili hosil beradi. Kuzda unganlari esa rivojlanishining har qanday pallasida qishlashi mumkin va keyingi yili urug’ beradi.

Bunga jag’-jag’ misol bo’la oladi. Kuzgi begona o’dar urug’i kuzda unib chiqib, maysalari kuzgi va qishki past haroratda o’sib rivojlanadi. Kelasi yili poya, gul, meva va urug’ hosil qiladi, tuplanish fazasida qishlaydi. Bularga yaltirbosh, qoramiq, yovvoyi supurgi va boshqalar kiradi. Ikki yillik begona o’darning o’sishi, rivojlanishi va hosil qilishi uchun ikki yil talab etiladi. Urug’i bahor va yozda unib chiqqan o’dar bir qish, kuzda unib chiqqanlari esa ikki qish qishlaydi. Bahorda poya chiqaradi,
gullab, urug’ hosil qiladi, so’ngra qurib, nobud bo’ladi. Ular urug’idan va ildiz kurtaklaridan ko’payishi mumkin. Bu guruhga qashqarbeda, sigirquyruq, sariq yovvoyi beda, lattatikan, oqkarrak, sutcho’p, yovvoyi sabzi va boshqalar kiradi.

Ko’p yillik begona o’tlar turli xii oilaga mansub ho’lib, 3 tumi tashkil etadi. Ular senerativ (urug’dan) va vegetativ usulda (i1dizpoya, i1diz kurtaklaridan) ko’payadi. O’sish davri davomida bir neeha marta urug’ beradi. Yer osti organlari qishlab, bahorda ildiz bo’g’zi yoki iddizpoyasidan yangidan poya o’sib chiqadi. Yer ustki organlarining o’sishiga qarab tile. yer bag’irlab, chirmashib o’suvchilarga, yer ostki organlariga ko’ra, o’qildizlilar, ildizpoyalilar,
ildizbachkililar, popukildizlilar, piyozlilar, tugunakJilarga ho’linadi. O’qildizlilarga asosiy iddizlari juda chuqurga – 2 m. dan 15 m. gacha yetib horadigan o’simliklar kiradi.

Ularning ildizi ho’s’zidan qirqilsa yangi o’simta chiqarmaydi. Bularsa otquloq, sachratqi, oqquray, kampirchopon, qoqio’t, momoqaymoq, erman va boshqalar kiradi. Popukildizlilarning asosiy i1dizi qisqarib, ko’plab yon ildizlar tutami – popukildizlar rivojlangan ho’ladi. Popukildiz ho’S’zidan qirqilsa, undan yangi o’simliklar o’sib chiqmaydi. Zubturum, bargizub faqat urug’idan ko’payadigan o’simliklar jumlasiga kiradi. Piyozlilar har yili o’sish davrida yer ostida sharsimon – dumaloq piyoz hosil qiladi. Urug’dan ungan o’simlik, l:lirjQcN. yili faqat bars chiqaradi, 2- va 3- yillari esa poya hosil qilib, gullaydi va urug’laydi. Asosan, vegetativ yo’l
bilan ko’payadi. Yovvoyi piyoz, gilpiyoz, qumpiyoz, cho’chqapiyoz, otashak piyoz, tog’ piyoz, dasht piyoz va boshqalar shu guruhga mansubdir.

Ildizpoyalilar yer osti organlari – o’zgargan ildizlari yordarnida ko’payadi. Har xiI yo’g’onlikdagi ildizlarining har bir bo’g’imida kurtaklari bo’lib, ulardan yangi novdalar o’sib chiqadi. Vegetativ ko’payuvchi bu guruhga g’wnay, ajriq, qamish, saIomaIaykwn, daIa qirqbo’g’ini, achchiqmiya, oqmiya kabi o’simliklar misol bo’ladi. ildizbachlilarga begona o’tlarning 26 turi mansub ho’lib, O’zbekistonda ularning 16 tasi tarqaIgan. Urug’i va ildizidan ko’payadigan, asosiy ildizi kesilganda ko’plab yangi bachkilar hosil qiladigan bunday o’tlar guruhiga qo’ypechak, yantoq, kakra, qizilmiya, bo’ztikan kabi o’simliklar kiradi.
Sudralib o’suvchilar palak otib o’sadi. Serbo’g’im paIagining har bir bo’g’irni yerga tegib, popukildiz chiqaradi. Bu guruhga ayiqtovon, tugmabosh, quyono’t, olmoso’t va boshqaIar kiradi.

PARAZIT VA YARIM PARAZIT BEGONA O’TLAR

Madaniy o’simliklar yoki noparazit begona o’t\ar bilan birga yashab, ular hisobiga oziqlanadigan bu parazit o’tlarning yashil barglari ham, ildizi ham ho’Imaydi, ular hoshqa o’simliklarning poyasi va iddiziga chirmashib, so’rg’ichlari bilan yopishib olib yashaydi.
Parazit begona o’tlar haqiqiy vayarim parazit begona o’tlarga bo’linadi. Bir yillik o’tlar hisoblanuvchi haqiqiy parazit o’tlarning bargi va iddizi bo’lmaydi. Parazit begona o’tlar poya va ildiz parazitlariga bo’linadi. O’zbekistonda poya parazitlaridan zarpechak, devpechak, i1diz parazitlaridan shung’iya uchraydi. Zarpechak sabzi, yasmiq, kanop, beda, yo’ng’ichqa, esparset, vika, kartoshka va boshqa ekinlarda, devpechak esa daraxt hamda butaIarda uchraydi. Shumg’iya qovoq, karam, sabzi, kanop, qovun, kungaboqar va boshqa ekinlarni zararlaydi.

BEGONA O’TLARGA QARSHI KURASH T ADBIRLARI

Begona o’tlarga qarshi kurashda ular unib chiqishi va rivojlanishining oldini olish, qiruvchi va boshqa maxsus tadbirlar qo’lIaniladi. OIdini olish tadbirlari begona o’t maysaIarining xususiyatlarini va ularning tarqalish yo’lIarini o’rganib, bunga yo’l qo’yrnaslikdan, qiruvchi tadbirlar esa begona o’tlami mexanik, fizik, biologik usullarda yo’qotishdan iborat.
Oldini olish tadbirlari urug’likni begona o’t urug’laridan to’liq tozalash, chirigan go’ngdan foydaIanish, yo’l, sug’orish va kollektor-zovur tarrnoqlari bo’ylaridagi o’tlarni urug’lamasidan oldin o’rib tashlash, daIaIarni yiriklashtirish, hosilni o’z vaqtida yig’ishtirib olish, karantin tadbirlariga rioya qilish kabi masalalami qarnraydi.

Qiruvchi kunli tadbirida tuproqqa mexanik ishlov berish muhirn o’rin tutadi. Mazkur usul dala ekinIar bilan band bo’1magan vaqtda, ya’ni hosil yig’ishtirib olingandan keyin va ekishgacha eng samarali hisoblanadi. Yerning kuzda chimqirqarli plugda sifatli qilib haydalishi begona o’tIami keskin kamayishiga olib.keladi: yer yuzasiga chiqib qolgan ildizlar qishki sovuqda nobud bo’ladi, pastki qatlamga tushib ketgan urug’lar esa unib chiqa oImaydi.
Chizellash va boronalash paytida begona o’tIaming ildizpoyalarini taroqIab olib,
dala chetiga chiqarib tashlash va yoqib yo’qotish lozim. G’umay, ajriq, qarnish kabi ildizpoyaIi ko’p yillik begona o’darni yo’qotish uchun yer avval ag’dargichi olib qo’yilgan plug yordamida yumshatiladi. So’ngra bo’ylarnasiga va ko’ndalangiga taroqlash yo’li bilan ildizpoyaIar yig’ib olinadi. Ekin ekish oldidan yerlarni chizellash va boronaIash ham begona o’tlami keskin
karnaytiradi.

G’alla ekinlari ichidagi begona o’dar borona yordamida yo’qotiladi. Ekin qator oraIarini kultivatsiya qilish begona o’tlarni yo’qotishda sarnaraIi tadbir hisoblanadi. Birinchi kultivatsiya chuqurligi 6-8 sm, ikkinchi kultivatsiya chuqurligi esa 14-16 sm. dan kam ho’lrnasligi kerak. Kimyoviy kurash usulida begona o’tlarga qarshi kurashda kimyoviy
preparatlar – gerbitsidlardan (<<gerba» lotincha so’z ho’lib, o’t, «tsido» – o’ldirarnan ma’nosini bildiradi) foydaIaniladi. Gerbitsidlar kimyoviy tarkibiga ko’ra anorganik va organik, ekinlarga va begona o’tlarga ta’sir etishiga qarab tanlab ta’sir etuvchi va yoppasiga ta’sir etuvchi gerbitsidlarga bo’Iinadi. Gerbitsidlar ekinlar va begona o’darning xususiyadaridan kelib chiqqdn
holda ekishdan oldin, ekish vaqtida, o’sish davrida va hosil yig’ishtirib olingandan keyin qo’llaniladi. Ular yoppasiga va tasma usulida sepiladi. Ekishdan oldin yoppasiga sepiladigan gerbitsidlar boronalar yordarnida tuproqqa araIashtiriladi. Ekish vaqtida va o’sish davrida esa ular tasma usulida yoki yoppasiga sepiladi.

Gerbitsidlarni suvda eritib, ishchi eritma holatida yoppasiga sepishda gektariga 600-800 I, tasma usulida 150–200 I ishchi eritma sarflanadi. Ekinlar hosili yig’ib olingan daIaIarda ko’p yillik o’tlarga qarshi fosulen (50% li namiquvchi kukun – n.kuk.) 8-12 kg/ga miqdorida qo’llaniladi. Buning uchun dala oktabrda sug’orilib, o’dar ko’karib chiqqanda
gektariga 600–800 I ishchi araIashma sepiladi. Makkajo’xorini ekish paytida bir yillik o’tlarga qarshi simazin (50% li oq-kulrang n.kuk.) 6 kg/ga me’yorda (200–300 IIga ishchi eritma) qo’llaniladi.

Atrazin gerbitsidi (50% li oq yoki oqish-kulrang kukun) esa 6 kg/ga me’yorida ekin ekilgandan keyin tuproq yuzasiga aralashtiriladi (200–300 IIga ishchi eritma). Beda va sebarga ekilgan daIaIarda o’simlik o’rilib, yig’ishtirib olingandan keyin zarpechakka qarshi 48 kg/ga me’yorida nitrofen (65% li to’q jigarrang pasta) yoki 36–60 kglga magniy xlorat (60% li tangasimon kristall) qo’lIaniladi. Har ikki sharoitda ishchi eritma me’yori 600 Uga. ga teng.
Biologik kurash choraIaridan aImashIab ekishni to’g’ri tashkil etish, ekinlar ko’chatlarining mo’tadil qalinlikda bo’lishi va tez rivojlanishini ta’rninlash begona o’tlarning kamayishiga olib keladi. Bunday o’tlarga qarshi hasharotlardan ham foydalanish mumkin. Masalan, fitomiza pashshasi shumg’iyaning guliga tuxum qo’yib, uning urug’larini 70% ga kamaytiradi.

Қуйидагиларни ўқиб кўринг:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *