FUNCHOZA SALAT

MASALLIQLAR

  • sabzi – 1 dona
  • piyoz – 1 dona
  • bodring – 2 dona
  • bulg’or qalampir – 1 dona
  • tuz – bir chimdim
  • ko’kat – ta’bga ko’ra
  • sarimsoqpiyoz donasi – 2 dona
  • funchoza – 200 gr
  • mol go’shti qiymasi – 100 gr
  • soya sousi – ta’bga ko’ra

TAYYORLASH USULI

  • Qaynab chiqqan suvga funchoza kraxmalini solib, 10daqiqacha dimlab qo’yamiz.
  • Kraxmal yumshagach suvdan olib,muzdak suvda bir chayvolamiz.
  • Sabzidan markovcha tayyorlab olamiz. 
  • Tovaga yog’ solib qizdiramiz va parrak to’g’ralgan piyoz,qiyma solib qovuramiz.
  • Mayda to’g’ralgan chesnok,tuz qo’shib 1 2 aralashtiramiz. Ozgina soya sousi solib 8-10 daqiqaga dimlab qo’yamiz.
  • Gazni o’chirib,somoncha to’g’ralgan balgariskiyni solib aralashtiramiz.
  • Bodringni yarim oy shaklda to’g’rab olamiz.
  • Barcha masalliqni bir-biriga qo’shib, qo’lda aralashtiramiz.
  • Va 1osh qoshiq soya sousi,ko’kat, xoxishga qarab qalampir,chesnok qo’shib aralashtirib,dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha!

Қуйидагиларни ўқиб кўринг:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *