Карам зараркунандалари ва уларга қарши курашиш чоралари

выращивания капусты

Karam insonga oziqa sifatida katta ahamiyatga ega bo’lib, unda inson hayoti uchun zarur bo’lgan moddalar bor. Karam tarkibiga ko’pgina mineral elementlar (kaliy, kalsiy, fosfor, oltingugurt, magniy, temir, kobalt, ftor, yod, bor va boshqalar), vitaminlar (askorbin kislota, korotin yoki A provitamini, foliy kislota vitaminlari V1, V2, V3, RR vitamini, D vitamini) kiradi.
Bulardan tashqari, oqbosh karam, bryussel karami va qizil karamlar tarkibida shakar va boshqa hayot uchun zarur bo’lgan elementlar mavjud. Karam juda qadimgi o’simlik bo’lib, 5000 yil oldin ham bu o’simlik ma’lum bo’lgan va oziqa qadriga ega bo’lgan. Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining ma’lumot berishicha, o’rtacha yillik oziqani 15-20% ulushini karam egallashini aytgan. Bundan kelib chiqib, demak, bu o’simlikka talab juda katta.

Ma’lumki, karam hosildorligi zararkunandalar va kasallik qo’zg’atuvchilar jiddiy ta’sir qilib, o’simlikni o’sishi va rivojlanishini pasaytiradi, natijada hosildorlik kamayadi, hosil sifati yomonlashadi hamda urug’lar sifati buziladi. O’zbekistonda butgulli sabzavot ekinlarini har xil zararli hasharotlari, jumladan, hammaxo’r va ixtisoslashgan zararkunandalari uchraydi.
Belgiyalik olim F. Vande Steene (1979) ular sharoitida karamni ixtisoslashgan zararkunandalariga karam kuyasi, karam bitlari, karam oq kapalagi va burgalari kirishini ta’kidlab o’tgan. Hindistonda S.P.Pastil (1979) karamni 11 turdagi asosiy zararkunandalari bioekologiyasini o’rgangan. Fransiyada gul karamni 15 turdagi ixtisoslashgan zararkunandasi
aniqlangan va zararlash xususiyatlari izohlangan. Nemis olimi Hommes Martin (1983) Germaniyada hamma turdagi karamlar dan 23 tur ixtisoslashgan zararkunandasini ro’yxatga olgan va bular ichida karam kuyasi, karam oq kapalagi hamda karam burgalari eng xavfli
ekanligini aytib o’tgan. Hammaxo’r zararkunandalardan kemiruvchi tunlamlar ham (kuzgi
tunlam, undov tunlam, gamma tunlam va boshqalar) karamga zarar yetkazadi.

Qandalalardan lavlagi qandalasi va boshqa qandalalar zarar yetkazishi mumkin. Yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan turlardan tashqari karamni asosan generativ organlarini zararlaydigan ixtisoslashgan zararkunandalari ham ma’lum bo’lib, bularga raps gulxo’ri, qo’zoqli qizil kapalak, urug’ yashirin uzunburuni, bir qancha kovaklovchi qo’ng’izlar, baridlar va boshqalar kiradi. Sanab o’tilgan zararli hasharotlar ichida bevosita karam barglari bilan oziqlanib katta zarar yetkazadigan turlar karam kuyasi qurtlari, karam kapalagi qurtlari, butgullilar qandalalari, karam bitlari bo’lib, bu zararkunandalar karamni asosan vegetasiya davrining boshida zararlaydi.

Biroq karam zararkunandalar tomonidan butun o’sishi va rivojlanishi mobaynida zararlanadi. Erta bahorda karam pashshasi lichinkalari, karam oq kapalagi qurtlari, karam burgalari, uzunburunlilar lichinkalari zararlaydi. Keyinchalik karam qandalalari, karam pashshasini yozgi avlodlari, karam kuyasi, baridlar, raps arrakashi lichinkalari zararlanishni davom ettiradi. Yoz ohiri va kuzda karam kapalagi qurtlari va karam bitlari zararlashi mumkin
(G.Ye. Osmolovskiy, 1972). Karam zararkunandalari ichida karam biti (Brevicoryne brassicae L.). O’rta Osiyo sharoitida keng tarqalgan va karam hosildorligini 36 % gacha pasaytirishi mumkin (G.Ye. Osmolovskiy, 1972). Karam biti sog’lom ko’chatlarda ham, nimjon karam ko’chatlarida ham oziqlanishi mumkin (N.Ya. Kuznesev, 1949). Megalov V.A. (1967) ning hisobga olishicha, sog’lom karam ko’chatlarida bitlar soni, nimjon ko’chatlaridagiga nisbatan kam bo’lgan. Bitlar avlodlari sonini ko’payishi ma’lum bir maydonda (bargning bir qismida) yuz berishi mumkin.

A.P. Adashkeyevichning (1971) ma’lumotiga ko’ra karam biti faqatgina barglar uchun emas, iyun – iyul oylarida karam urug’lari uchun ham xavfli hisoblanadi. Chunki zararkunanda qishlovchi tuxumlari ko’pincha shu joyga qo’yiladi. Urug’lar shakllanayotgan vaqtda ko’proq xavfli bo’ladi. Erta pishar karam navlarida karam biti qachonki, ko’p yillardan beri karam ekilgan maydonlarda katta zarar yetkazishi mumkin. Asosan kechpishar navlarda ko’proq zarar yetkazadi. Qozog’iston sharoitida karam bitlari tarqalgan karm dalalari hosildorligi
42-26 % gacha pasaygan. Bitlar bilan zararlangan karamni faqatgina hosildorligi kamayib ketmay, balki uni tovarlik sifati pasayadi va uning tarkibidagi uglevod, vitaminlar kamayadi (N.R. Pashenko, 1961). I.Ye. Kitayevaning kuzatishicha (1977) karam biti Rossiyaning Sharqiy
qismi sharoitlarida iyunda, asosan iyul avgust oylarida xavfli hisoblanadi.

Karamni ko’pgina turdagi butgulli qandalalar zararlaydi, ular ichida ko’proq zararlisi va keng tarqalganlariga raps qandalasi (Eurydema oleraceae) va bezakli qandala (Eurydema ventralis Kol.) kiradi. O’rta Osiyo sharoitida yosh karam ko’chatlariga O’rta Osiyo karam qandalasi (Eurydema maracandica osh.) katta zarar yetkazib, ular soni bitta ko’chatda 30 taga yetishi
mumkin (G.Ye. Osmolovskiy, 1972). O’rta Osiyo bu qandalalar aprel oyining birinchi dekadasida uyg’onadi. Oldin qandalalar yovvoyi butgullilarda rivojlanadi va keyinchalik karam ko’chatlari unib chiqqandan so’ng shu yerga ommaviy o’tib keladi. Zararkunanda barg va gulli novdalardan o’simlik shiralarini so’rdi, natijada o’simlik sarg’ayadi, kuchsizlanib so’liydi va ayrim hollarda batamom nobud bo’lishi mumkin. Qandalalarga asosan yosh karam ko’chatlari ta’sirchan bo’ladi. O’rta Osiyo qandalasi bizning sharoitimizda yiliga 3 marta avlod berib,
har yili karam ko’chatxonalariga sezilarli zarar yetkazadi ( Meyrmakova Ye., 1962).
A.A. Migulinning (1967) ko’rsatib o’tishicha, qandalalar bilan zararlanish intensivligi ob-havo sharoitiga bog’liq, bahorda va yoz boshlarida hali yetarli darajada rivojlanmagan paytda ko’proq zararlanadi. Qurg’oqchilik sharoitlarda zararlanish tezda o’sadi. Karam zararkunandalari ichida tangaqanotlilar turkumi (Lipidoptera) vakillari – kuzgi tunlam, karam tunlami, gamma tunlami, poliz tunlami, sholg’om va karam oq kapalaklari va boshqalar asosiy o’rin tutadi. O’zbekiston sharoitida karam tunlami (Mamestra brassicae L.) karam va
boshqa butgulli ekinlarning asosiy zararkunandasi hisoblanadi. U no’xat, lavlagi, piyoz va boshqa qishloq xo’jalik ekinlarini ham zararlashi mumkin. G.Ye. Osmolovskiy (1972) ning yozishicha, karam tunlamining birinchi avlodi ko’p sonli va zararliroq bo’lib hisoblanadi. Ikkinchi avlod soni ko’pgina bu zararkunandalarning entomofaglari tomonidan pasaytiriladi.
O’rta Osiyoda karam tunlamining yozgi avlodini 35-85 % g’umbagi diapauzaga ketadi. Shunga bog’liq holda birinchi avlod ko’p sonli bo’ladi, ammo ayrim yillari ikkinchi avlod soni yuqori bo’lganligi ham kuzatilgan (Kalberganov, 1951).

Ta’kidlab o’tish joizki, O’zbekistonning tog’ oldi xududlarida karam oq kapalagi (Pieris brassicae) ham keng tarqalgan. Bundan tashqari tog’ oldi xududlarda sholg’om oq kapalagi (Pieris rapae) ham karamga jiddiy zarar yetkazadi va ommaviy ko’payib ketganda sezilarli darajada hosildorlik kamayadi (Pustovoy, 1954). Karamning xavfli zararkunandalaridan biri karam kuyasi hisoblanadi. U O’zbekiston sharoitida 10 ta avlod beradi. Ko’pgina tadqiqotchilarning (T.Ye. Hardy 1938, D.O. Harcourt 1957, L.A. Stepanova 1962, X. Kopvillem 1965, va boshqalar) fikricha, bu zararkunandani ommaviy tarqalishi migrasiya qobiliyati borligi bilan izohlanadi. Oxirgi yillarda butgulli ekinlarda rivojlanadigan hasharotlar faunasini
o’rganish butun Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligini egallab bormoqda. BAM da T.D. Runevoy (1981) 30 turdagi karam zararkunandalarini aniqlagan. Krasnoyarskda G.M. Povorotova (1977) karamning ixtisoslashgan zararkunandalarini zararini va shu zararkunandalar tur tarkibini o’rgangan. Markaziy Yakutiyada oq bosh karam zararkunandalari tur tarkibi va
zarari o’rganilgan. (Yu.N. Ammosov i dr. 1980). Hozirgi kunda karam va butgulli sabzavot ekinlari zararkunandalarini o’rganish, Ukrainada Sыbulko V.I. (1982), Moldaviyada N.A. Fillippov, Rossiyada Baklushina V.V. va boshqalar tomonidan davom ettirilmoqda.
Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligida sabzavot ekinlari zararkunandalari entomofaunasi to’g’risida to’liq va umumlashtirilgan ma’lumotlar L.M. Kopaneva (1982) ning ilmiy asarlari va maqolalaridan topish mumkin. Karam va boshqa butgulli sabzavot zararkunandalari bilan Belorussiyada oxirgi yillarda V.I. Sidlyarovich, V.M. Lapikolyar (1991-2001) shug’ullanganlar. Ularning kuzatishicha, karam kuyasi (Plutella maculinensis) sonini tabiiy ravishda diadegma paraziti (Diadegma fenestralis Holmg) chegaralab turadi.

Bu entomofag urg’ochisi karam kuyasini hamma yoshdagi qurtchalariga tuxum qo’yib, ko’pincha II va III yoshdagi qurtlari zararlaydi. Diadegma bir yilda uchta, issiq iqlim sharoitlarda to’rttagacha avlod beradi.
1992 1iyulda karam kuyasini ommaviy ko’paygani kuzatilgan (Sidlerevich, 1992) va bunda diadegma bilan zararlanish 40-90% ga yetgan. Avtorlar sholg’om va karam oq kapalagi entomofaglarini ham o’rgangan. U zararkunandalarda apanteles (Apanteles glomeratis L.) parazitlik qiladi. Ularni kuzatish olib borgan vaqtlarida karamni karam oq kapalagi bilan zararlanishi 3- 20% bo’lgan. Yuqoridagi parazitlardan tashqari Pteromolyus (Pteromalus
puparum), frikse (Phryxe vulgaris) lar ham karam va sholg’om oq kapalagi qurtlarida rivojlanadi, lekin juda past ko’rsatkichni tashkil qiladi. Bir guruh rus olimlarini (M.Ye. Vladimirskaya, B.P. Asyakin, O.V. Ivanova 1997) aniqlashlariga asosan karam, bryukva, sholg’om, rediska va boshqa butgulli ekinlarga 300 dan ortiq fitofaglar: karam pashshalari
lichinkalari, uzunburun – baridlar, poya yashirin uzunburunlari, karam kuyalari, bargxo’r qo’ng’izlar, oq kapalaklar, karam tunlami, raps arrakashi, butgulli qandalalar, raps gulxo’ri va boshqalar zarar yetkazadi. Avtorlarni bergan ma’lumotlariga ko’ra, bahorda butgullilar burgalari, karam pashshalari lichinkalari, yashirin poya uzunburuni va oq kapalaklar qurtlari xavfli hisoblanadi. Ular yuqoridagi zararkunandalarga qarshi kurash choralarini ham
ishlab chiqib, ularga qarshi agrotexnik tadbirlardan erta bahorda begona o’tlarni yo’q qilishni, ko’chatlarni erta muddatlarda ekishni, hosilni yig’ib olgandan so’ng chopishni, yashirin poya uzunburunlilariga qarshi butgulli begona o’tlarni yo’q qilishni kimyoviy kurash choralaridan butgulli burgalarga qarshi 25% li provikurt k.e. 10g/10l, foksin 5% k.e. 100-150 gr/10 l, karam
pashshalariga qarshi karbofos 10% k.e. (60 gr/ 10l), yashirin poya uzunburuni ommaviy paydo bo’lganda ham korbofos 10% li k.e. (60gr) qo’llaniladi (V.Ye. Vladimirskaya, B.P. Asyakin, O.V. Ivanova). 2001-2003 yillarda L.K. Gurkina karam va boshqa butgulli ekinlarga zarar yetkazadigan butgullilar burgalari, raps gulxo’ri, karam poya yashirin uzunburuni, karam kuyasi, karam pashshasi, tunlami, oq kapalagi karam biti, raps arrakashlarini bioekologiyasini va ularga qarshi samarali kurash choralarini o’rgangan. Respublikamizda karam zararkunandalari va ularning entomofaglari bilan Shukuraliyev B.T. (1988) shug’ullangan. U karam va sholg’om oq kapalagini 13 turdagi parazitlarini hisobga olgan. Bu parazitlar pardaqanotlilar va ikki qanotlilar oilalariga mansub bo’lgan. Parazitlar ichida Apanteles
glomeratus, Pteromalus puparum, Anilasta ebenninus lar ustunlik qilgan. Butun vegetasiya davrida o’rtacha 20-46% oq kapalak qurtlari parazitlar tomonidan Chex olimlaridan Bartos J, Holik K (1990) karam urug’lariga preparat bilan ishlov berilganda uni hosildorlikka va zararkunandalarga ta’sirini o’rganishgan.

Ular Gloriya F1 nav karam urug’ini karbofos (30 ml/kg) va Neksion L-kombi preparatlari bilan ishlov berishadi. Urug’lardan chiqqan ko’chatlar o’suv mobaynida karam burgalari bilan kam zararlangan. Tadqiqotlar urug’larga ishlov berishni hosildorlik va mahsulot sifatida ijobiy ta’sir qilishini hisobga olgan holda ishlab chiqarishga tavsiya etadi. Karam navlari chidamliligi karam pashshasi va karam oq kapalagi
rivojlanishiga disspersion ravishda ta’sir qiladi (Asyakin B.P., Ivanova O.V., 1988). Chidamli navlardan oziqlangan zararkunanda rivojlanish fazasini tezroq yakunlaydi va ayrim hollarda nobud qiladi. Kharbuli B., A. Varman, (1989 Hindiston) lar laboratoriya sharoitida karam oq kapalagini (P. Brassicae) har xil turdagi karamlarda rivojlanish davomiyligini o’rganishgan. Ular har xil oziqa o’simliklarda turlicha rivojlangan va umumiy davomiylik 37,0-40,5 kunni tashkil qilgan. Oqbosh karamda karam oq kapalagi ko’proq vaqt rivojlangan. O’simlik turlaridan tashqari karam oq kapalagi rivojlanishiga ko’pgina biotik va fizik (harorat,
namlik, kun uzunligi) omillar ham ta’sir qilishi ma’lum bo’lgan. Hind tadqiqotchilar Tiwari S.N., Kashyap N.P. (1988) lar Pieris brassicae ni oziqlanishi va tuxum qo’yishiga karam turlarini ta’sirini o’rganishdi. Unda Brassica campestris. Var sarson, B.Oleraceae var. botritis,
Juncea, B. Oleraceae var. capitata turlari olindi. Hamma oziqa o’simliklarida ham qurtlar 5 yoshni o’tagan. Kapalaklarning maksimal tuxum qo’yishi B.Oleraceae var. botrytis da kuzatilgan. Karam biti (brevicoryne brassicae) ga qarshi kurashda metamidafos, xinalfos va malation preparatlari 0,03, 0,05 % konsentrasiyalarda 16 kun oralatib 2 marta, 25 kun oralatib 3 marta gektariga 1000 l ishchi eritma sarflash ishlov berilgan (Sozanna Jacob, Verma Shashi 1987). Ishlatilgan preparatlar ichida malation (0,03 %) boshqa preparatlarga nisbatan samaraliroq bo’lib, 85- 905 % bitlar sonini nobud qilgan. Stepanыcheva Ye.A. (1987) Dimilin preparatini bahorgi karam pashshalariga qarshi qo’llagan va samaradorligi aniqlagan. Avtor dimilinning 0,02 % li konsentrasiyasini tayyorlab, karam ko’chatlari ildiziga qo’yishni
tavsiya etadi va bunda 90 % gacha karam pashshalari lichinkalari nobud bo’lib,
mahsulot sifatida salbiy ta’sir qilmasligini aytib o’tadi. Respublikamiz sharoitida karamning xavfli zararkunandalariga keng tarqalgan va karam ko’chati hamda ularning urug’lari uchun xavfli bo’lgan baridlarni (Baridae) ham kiritish mumkin.

Bizning hududimizda bu zararkunandalar morfologiyasi, bioekologiyasi va ularga qarshi tadbirlari o’rganilmay qolmoqda. Adabiyotlarda keltirilishicha, Baridae (Coleoptera, Curculionidae) avlodiga kiruvchi uzunburunlar Yevropada XVIII asrdayoq qayd qilingan. Ularning sistematikasi, tarqalishi, faunistikasi haqida kataloglarda ro’yxatga olingan.
Qisqacha ta’riflar berilgan. Xorij avtorlaridan Scopoli (1763) karamga yovvoyi butguldoshlarga
zarar yetkazadigan bryukva baridi (Baris coerullescens Scopoli) haqida aytib o’tgan. 1824 yilda Germar jeruxa baridini (Baris lepidii Germ.) karamga zarar yetkazishini aniqlagan va bu turga qisqacha ta’rif bergan. I.Du Val (1852) naqshdor baridni (Baris picturata) birinchi bo’lib zararkunandalar ro’yxatiga kiritadi. D.Shlextendal (1895) jeruxa baridini (Baris lepidii) Germaniyada, Janubiy va O’rta Yevropada, Marokash davlatlarida tarqalib karam va salatga
zarar yetkazishini aytib o’tgan. Polyak olimi Cmoluch (1958) o’z tadqiqotlari natijasida bryukva baridi qo’ng’izi va lichinkasi morfologiyasini ta’riflab, ularning biologiyasi
to’g’risida bir qancha ma’lumot to’playdi. Polshada Cmoluch dan tashqari N. Kozlovska (1960) baridlarni karam urug’lari bilan oziqlanishini va mavsumiy rivojlanishini o’rgangan.
Xorij avtorlarining xulosasiga ko’ra, baridlar faqatgina karamni ixtisoslashgan ararkunandasi bo’lib qolmay, ularni hammaxo’r zararkunandalar ro’yxatiga ham kiritish mumkin (Yamaguti Fuko, 1978; Siraxama K’niti, 1979). Mamlakatimizga oid adabiyotlardan butgulli sabzavot ekinlari zararkunandasi bo’lgan – baridlar yuzasida birinchi bo’lib, F.P. Keppen tadqiqotlar olib borgani ma’lum bo’ladi. U jeruxa va bryukva baridi lichinkalari karam, raps, jeruxa o’simliklari poyasi ichida rivojlanishini aytib o’tgan. V.E. Iversen (1889) bryukva va jeruxa baridi morfologiyasi o’rganib, ular sonini pasaytirish maqsadida, baridlar bilan zararlangan urug’larni yoqishni tavsiya etadi. Keyinroq N.M.Arnoldi (1901) ni “Katalog nasekomыx”
kitobida jeruxa baridini Mogelev va Gomel Guberniyalarida tarqalganligini va ularni karamga, baqajo’xoriga, sholg’omga va turpga zarar yetkazishigi aytib o’tgan. Bu hudud sharoitlarida zararkunanda yosh oqbosh karam ko’chatlarini va ko’pgina butgulli sabzavot ekinlari urug’larini kuchli zararlagan. Bu tur Rossiyaning Yevropa qismida, Kavkazda, Janubiy va Markaziy Yevropada tarqalgan. N.M. Kulagina (1906) o’z ishlarida Smolenskiy viloyati sharoitida bryukva baridini oqbosh karam va gulkaramning ixtisoslashgan zararkunandasi
ekanligini aytib o’tgan. Tashenberg (1912) bryukva va jeruxa baridi lichinkalari, gulkaram, sholg’om, jeruxa, jeltushnik o’simliklari ildizlari va poyalariga zarar yetkazishini aniqlagan. Bryukva va jeruxa baridlari MDH xududlarida keng tarqalgan tur “Katalog nasekomыx s gorodnыx kultur” da berilishicha bryukva va jeruxa baridi butun g’arbiy Yevropa hamda
Rossiyaning o’rta va janubiy qismlarida tarqalgan. (Bogdanov-Katkov, 1928, 1933; V.A.Kiverskiy 1915).

N.A. Xolodkovskiy (1929) Baris Germ avlodini ta’riflar ekan, u bryukva baridini «Karam yashil filchasi» deb atagan va biologik asoslari hamda rivojlanishini o’rgangan. A.Raxmaminov (1934) kuzatishiga qaraganda bryukva va jeruxa barid lichinkalari ommaviy tarqalganda ozuqa ekinlari poyasi ichidan oziqlanib, yuqori ko’tarilib borgan. Ozarbayjonda beda dalasida bryukva baridi kuzatilgan (V.N. Rekach, 1935) V.N. Rekach beda dalalarida yovvoyi butguldosh begona o’tlarni ko’rgandan keyin, bu baridlar o’sha yovvoyi butguldoshlarda rivojlanishini xulosa qilgan. M.Ye. Ter – Minosyan (1947) uzunburunlar aniqlagich jadvaliga Araksa vodiysida (Armaniston) tarqalgan jeruxa va bryukva baridlarini ham kiritadi hamda bu ikkala turni Ozarbayjonda tarqalishini ham belgilab qo’yadi. Armaniston va Ozarbayjonda baridlar bo’yicha S.M. Yablokov – Xizoryan (1961) tadqiqotlar olib borgan, hamda naqshdor baridni qadimgi
O’rta yer dengizi turlariga kiritgan. Issiq va quruq iqlim sharoitlari bu turni keng tarqalishiga sabab bo’ladi. Adabiy manbalardan, A.F. Grigorovich va I.A. Semenovaning Ukraina
hududida olib borgan ishlari bizni jalb etdi. A.F. Grigorovich (1947) ning ko’rsatib o’tishicha, Ukrainaning janubiy rayonlarida bryukva baridi katta zarar yetkazgan. Uning fikricha, ertagi karam poyalarida 10-15 ta lichinka bo’lsa, u o’simlik nobud bo’ladi. U lichinkalar
poyada bir oy va undan ortiq rivojlanishini aytib o’tgan. A.F. Grigorovich qo’ng’iz va lichinkalarni zamburug’ kasalliklariga chalinishini ham aytib o’tgan. Xorij va vatanimizga oid adabiyotlarda ham baridlar ekologiyasi, biologiyasi, tarqalishi va ularga qarshi kurash choralari xususida yetarli maqlumot yo’qligini ular ham tasdiqlashadi.

Keyinroq bu zararkunandalar ustida I.A. Semenova (1950-1957) Kiyev va Xarkovda tadqiqotlar olib borgan. Uning bergan ma’lumotiga ko’ra, bryukva baridi baridlar orasida eng zararli tur hisoblanadi. Yig’ilgan baridlar ichida bu tur 95,5 % ni, jeruxa baridi esa 4,5% ni tashkil etgan. Bundan tashqari bryukva baridi rivojlanishining biologik asoslari, ularni oziqa o’simliklarini o’rgangan. Kurash chorasi sifatida I.A. Semenova karam ko’chat ekilgandan so’ng geksoxloran preparati suspenziyasi bilan ishlov berishni tavsiya qiladi. Baridlar bioekologiyasini o’rganish bilan V.V. Dobrovolskiy shug’ullangan (1951-1959). Uning keltirishicha, bryukva baridi Krasnodar sharoitida may oxirida qishlovdan chiqqan. Tuxumining embrional rivojlanishi
4-8 kun, lichinkalik davri 40-50 kun davom etgan. Yangi avlod qo’ng’izlari avgust o’rtalarida paydo bo’lgan. N.V. Papovning (1955) fikricha, bryukva baridi qizilbosh karamni kamroq zararlaydi, chunki bu navdagi karam xujayra shirasi tarkibida yuqori kislotali muhit hosil qiluvchi antosion moddasi borligi bilan izohlanadi. T.A. Tvertina (1953) va K.K. Fasulata (1955) lar baridlar butgulli sabzavot ekinlarini ixtisoslashgan zararkunandalariga kiritadi va ayrim yillar juda katta zarar yetkazganligi (75%) to’g’risida ma’lumot beradi. Uzunburunlar tashxisi bilan V.A. Zaslavskiy (1956) shug’ullanib, u Baris Germ. Avlodi aniqlagich jadvalini tuzadi.
MDH ning Yevropa qismida B.A. Gerasimova (1961) ning ma’lumotiga ko’ra, butgulli sabzavot ekinlariga va ularni urug’larini uzunburun-baridlar zararlagan. Zararlagan turlar ichida eng ko’p tarqalgan karam yoki qora barid (Baris carbonaria Grem.), va bryukva baridi (Baris coerullescens Spp.) bo’lib, bu turlardan tashqari raps baridi (Baris chborir L.) hamda jeluxa barid (Baris lepidii) lari ham uchragan. Shunday qilib, qora (Baris carbonaria Grem.) karamga Shimoliy Kavkazda, Gorkov viloyatida, Moskva va Tula viloyatlarida zarar yetkazadi. Birinchi bo’lib, V.M. Djalilova (1961-1964) O’zbekistonda bryukva baridini (Baris coerullescens Spp.) Toshkent viloyatidagi karamda hisobga olingan. U baridlarni ommaviy ko’payib 100 % karam urug’larini nobud qilganligi aytib o’tgan. Avtor kechki karam ko’chatlarini naqshdor barid (Baris picturata) zararlaganini ko’rsatib o’tib, zararkunanda soni bir o’simlikda 12-15
donaga yetganligini ko’rsatib o’tgan. Bundan tashqari V.M. Jalilov ularga qarshi kurash sifatida, dala chetidagi supurgi o’tlarni o’rib tashlashni, dala ichidagi begona o’tlarni yig’ib olishni, zararlangan va kasal o’simliklarni chiqarib kuydirishni hamda ko’chat yetishtiriladigan parniklar tuprog’ini dezinfeksiya qilishni tavsiya etadi. Moldaviyada ham N.A. Fillippov va boshqa bir guruh olimlar (1963, 1964, 1968, 1970) tomonidan baridlar xususida anchagina ishlar qilindi. Ularning aniqlashicha, Moldaviya sharoitida asosan yashil barid (Baris chlorirans Grem.) karam va butgulli sabzavot ekinlarida keng tarqalgan. Ular ommaviy ko’payganda ertagi karam ko’chatlarini to’liq nobud bo’lishiga sabab bo’lgan, bunda bir o’simlikka 15-30 tadan zararkunanda to’g’ri keladi.

I.P. Maspennikov (1964), V.F. Pereso’pkin (1964) lar yashil barid (Baris chlorirans Grem.) biologiyasi va ularga qarshi kurash choralarini o’rgangan. Ular karam urug’lari gulpoyalanish davrida geksaxloran dustidan 35kg/ga, tiofos dustidan 30kg/ga, changlanishni hamda sevin suspenziyasidan 1,1 kg/ga purkashni tavsiya qiladi. L.M. Ovginnikov (1972) baridlarga qarshi bosh karamni 12 % li dust bilan ishlov berish samarali ta’sir qilishini aytib o’tgan. X.A. Nasriddinovni ma’lum qilishicha, Tojikistonda karam va butgulli sabzavot ekinlarini zararlaydigan 3 turdagi baridlar – tangachali, bryukva hamda naqshdor baridlar tarqalgan. Xarkov oblastida ertagi va kechki karamni zararlaydigan 5 turdagi, Qora dengiz qirg’oqlarida esa qora barid tarqalib, zarar yetkazganligi to’g’risida ma’lumotlar bor. (V.I. Sыbulko, 1967, 1974; Migulin i dr. 1986.). G.Ye. Osolovskiyning aniqlashicha, karam va boshqa butgulli sabzavot ekinlariga yuqorida aytib o’tilgan zararkunandalardan tashqari, qattiqqanotlilar
turkumi (Coleoptera), uzunburunlilar oilasi (Curculionidae) vakillaridan – karam poya ichi uzunburuni (yashirin) ning 2 turi zarar yetkazadi. Bu zararkunandalar Rossiyaning Yevropa qismida kengroq tarqalib, zarari sezilarli bo’lgan (Migulin A.A., Osmolovskiy G.Ye., 1974).
Mualliflar bu zararkunanda morfologiyasi hamda bioekologiyasini quyidagicha ta’riflaydi:
Karam poya ichi uzunburunlari (Ceutorlynchus qoadridens Pans., Ceutorlynchus assimilis Payk.) ning uzunligi 3 mm gacha bo’lib, qoramtir rangda, tuxum 0,8 mm, ovalsimon bo’ladi. Bu hasharot lichinkasi sarg’ish oq rangda, uzunligi 5 mm gacha. Karam poya ichi uzunburunlari, xuddi bryukva baridi singari, karam poyasi ichi va karam urug’lari bilan oziqlanadi. Ular poya ichida yashirin holda yashab, zararlashi poyani yumshoq qismidan boshlaydi. Zararkunanda qo’ng’izlik davrida o’simlik qoldiqlarida va tuproqda qishlab chiqadi. Tuproq harorati 8-90 C bo’lganda, ko’pincha may oylarida qishlovdan chiqadi. Qishlovdan chiqqan qurtlar qo’shimcha oziqlanib tuxum qo’yadi. Rossiyada may oyining birinchi – ikkinchi dekadalarida, Leningradda esa may oxirida tuxum qo’yadi (Osmolovskiy, 1972; Vladimirskaya va boshqalar, 1997).

Tadqiqot o’tkazishda qo’llaniladigan uslublar

Tadqiqot va kuzatishlar dala va laboratoriya sharoitida olib borilgan. Agrobiosenozda kuzatuvlar karamda zararkunanda paydo bo’lgandan to hosil yig’ilguncha dekadalar bo’yicha o’tkazilgan. Dala maydonchasidan namunalar diaganal bo’yicha 10 joydan 5 tadan o’simlik olingan. Tuproqdagi va o’simlikdagi qo’ng’izlar zichligi maydonchaning har biridan 0,25 m2 olib aniqlandi. Zararlash foizini aniqlash uchun 20 joydan 5 tadan o’simlik ko’rilib
natija olingan. Baridlar turini va ularni rivojlanish davomiyligini aniqlash hamda
o’rganish uchun zararkunanda tuxumlari va lichinkalari imago fazasigacha
laboratoriya sharoitida boqilgan. Bryukva baridi serpushtligi laboratoriya sharoitida aniqlandi. Jami qo’yilgan tuxum sonini urg’ochilar soniga bo’lib, bitta urg’ochining o’rtacha serpushtligi topilgan. Baridlarga qarshi kimyoviy preparatlar 3 variantda qo’llanilgan. Biologik samaradorlik bu ko’plab ko’rsatkichlarga bog’liq bo’lib, ular preparatdagi ta’sir etuvchi moddaning miqdori, ishchi suyuqligining konsentrasiyasi, maydon hisobiga taqsimlanayotgan preparat miqdori, ishchi eritmani o’simlikni qoplashi va yana qarshi kurashilayotgan obyektning biologik xususiyatlariga ham bog’liqdir. Umuman, biologik samaradorlik 3
sistemaning o’simlik – zararli organizm – himoya usulining o’zaro bog’liqligidan kelib chiqadi.
Preparatning biologik samaradorligi.
Ab-Ba
C = ––––––– x 100
Ab
Formulasi orqali hisoblanadi.
Bu yerda:
S – biologik samaradorlik darajasi;
A – zararkunanda hasharotning kurash o’tkazishdan oldingi soni;
24
b – zararkunanda hasharotning nazoratda kurash o’tkazilgandan keyingi
miqdori;
B – zararkunanda hasharotning nazoratda kurashdan oldingi soni;
A – zararkunanda hasharotning kurash o’tkazishdan keyingi soni
Biologik samaradorlik foizlarda (%) ifodalandi.

Tadqiqot o’tkazish maqsadi va vazifalarini tahlili.

Karam o’simligi vitaminlarga boy sabzavot ekinni bo’lib, inson organizmga kerakli mineral tuzlar, vitaminlar va fermentlar bor. Ana shu o’simliklarning ashaddiy dushmanlari bo’lgan karam va uning urug’i hosildorligi hamda sifatini pasaytiradigan hasharotlar- karam uzunburunlarini o’rganishdir. Bundan tashqari biz o’z oldimizga  O’zbekistonda karam va uning urug’lariga zarar yetkazadigan baridlar tur tarkibini aniqlashni, ularni sistematikasini va uning ekologik faunistik xaraktiristikasini o’rganishni tahlili.  Karam uzunburunlari – baridlarning xo’jayin o’simliklarini hamda eng xavfli bo’lgan barid turlarini bioekologiyasini o’rganishni tahlili.  Baridlarga qarshi har xil agrotexnik, kimyoviy biologik choralarini
o’rganib, tahlil qilish asosida, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishiga tavsiya qilishni maqsad qilib qo’yilgan.

Butguldoshli sabzavotlarga zarar yetkazadigan – baridlar tur tarkibini morfologiyasi, bioekologiyasi va zarari.

O’zbekistonda karam, sholg’om, rediska va butgulli sabzavot ekinlarini bryukva barididan (Baris coerullescens) tashqari naqshdor barid (Baris picturata), jeruxa baridi (Baris scopoli), tangachali barid, semistriata baridi (Baris semistriata) ham zararlaydi. Bryukva baridi (Baris coerullescens) respublikamizda keng tarqalgan va zararliroq tur hisoblanadi. Zarari bo’yicha
bryukva baridi (Baris coerullescens) so’ng, karam ko’chatlariga sezilarli zarar yetkazadigan naqshdor barid (Baris picturata) turadi. Urug’lik karamni kuzatishlari natijasida, yuqorida keltirib o’tilgan baridlarni tur tarkiblarini yig’ilgan va ularni uchrash darajasini tahlil qilgan.

Naqshdor barid (Baris picturata)

Naqshdor barid (Baris picturata) morfologiyasi, bioekologiyasi va unga qarshi kurash choralari hozirgi vaqtgacha yaxshi o’rganilmagan. Bizning ma’lumotimizga ko’ra bu tur barid karam ko’chati yetishtiriladigan ko’chatxonalarda sezilarli zararetkazadi. Naqshdor barid (Baris picturata) lichinkalari bilan zararlangan ko’chat ingichkalashadi, to’qimalar yumshab
barg bandlari egilib qoladi. Agar 3-4 ta barg fazasidan ko’chatga 2-3 ta naqshdor (Baris picturata) lichinkalari tushsa uning o’sishi susayadi, 4-5 ta lichinka bo’lganda esa rivojlanishdan to’xtaydi va ko’pincha nobud bo’ladi. Naqshdor barid (Baris picturata) baridlar ichida keng tarqalgan turlardan biri hisoblanadi. Hozirgi vaqtda u G’arbiy Yevropada (Reyter, 1895), Krim,
Kavkazda (Zaslavskiy, 1956), Armanistonda (Yablokov, Xizoryan, 1961), O’zbekistonda (Jalilova, 1963), Qozog’istonda (Baytenov, 1968) va Tojikistonda (Nasreddinov, 1975) tarqalgan.
Qo’ng’izi qora rangda, tana usti och oltin rang tangachalar bilan qoplangan. Qanoti ustida X-simon surati bor. Tanasi uzunligi bosh trubkasidan tashqari 3-3,5 mm. Orqasining old qismida oq tangachadan iborat 2 ta dog’i, orqa qismida esa xuddi shunga o’xshash 3 ta dog’lar bor. Qorin qismi och kulrang tanachalar bilan qoplangan. Oyoqlarida ham tangachalari bo’ladi.
Bosh trubkasi ingichka, kuchli egilgan. Boshi, bosh trubkasi, mo’ylovchalari, ko’zi va oyoqlari qora rangda. Naqshdor barid (Baris picturata) tuxumi uzunligi 0,5 mm, diametri 0,3 mm,
ovalsimon formada. Yangi qo’yilgan tuxumlar oqish sariq rangda, lichinkalar 0,5-0,6 mm uzunlikda, oqish rangda, boshi och qo’ng’ir rangda. Oxirgi yoshdagi lichinkalar 5 mm uzunlikda bo’lib, S-simon buralgan, oyoqsiz, boshi kuchli xitinlashgan bo’ladi. Lichinkaning butun tanasi mikroxetlar bilan qoplangan. Ko’krak tergitlarida 8 tadan pleyretlarida 2 tadan, qorin tergitlarida esa 4 tadan tukchalari bor. Anal teshigi qorin qismining 10- skleritida joylashgan. Havo naychalari 9 juft bo’lib, 2 jufti old ko’kragida, 8 jufti esa qornining 1-8 segmentlarida joylashgan. G’umbagi erkin g’umbak och sariq rangda, 3-3,5 mm uzunlikda. Qornining oxirgi bo’g’imida 2 ta kattagina tukchasi bor. Naqshdor barid (Baris picturata) o’simlik qoldiqlarida va tuproqda qo’ng’izlik stadiyasida qishlaydi. Qishlovdan aprel oxiri may boshlarida, o’rtacha chutkalik havo harorati 18-260 C bo’lganda chiqadi. Qishlovdan chiqqan qo’ng’izlar birinchi kundayoq intensiv ravishda qo’shimcha oziqlanadi. Qo’shimcha oziqlanish 7-12 kun davom etib, qo’ng’izlar otalangandan 6-8 kun o’tgach tuxum qo’ya boshlaydi. Urg’ochilar 100 tagacha tuxum qo’yadi. Ular tuxumini karam ko’chatlari ildizi atrofiga
(poyani tuproqqa yaqin qismiga) va ayrim hollarda barg bandiga qo’yadi. Tuxumdan chiqqan lichinkalar poya ichini kemiradi. 30 – 40 kundan so’ng lichinkalar oziqlanishni tugallab, ayrim hollarda o’simlik poyalari ichida va ko’pincha g’umbakka aylanadi. G’umbagining rivojlanish davomiyligi 7 – 9 kun. Yangi avlod qo’ng’izlari iyul oxirida paydo bo’ladi. Naqshdor barid
(Baris picturata) bir yilda faqat bitta avlod berdi.

BARIDLARGA QARShI KURASh ChORALARI

zarar yetkazganligi tufayli ularga qarshi kurashishga to’g’ri kelmoqda. Zararkunandalariga qarshi kurash usullarini o’rganish bundan 100 yil muqaddam boshlangan. V.E. Sversen (1889) karam urug’lari ko’chatlarini vegetasiya davri tugayotganda, ularni yig’ib yoqishni tavsiya etadi. Bir necha mualliflar (Bogdanov – Katkov, 1928; Grigorovich, 1947; Semenov, 1957; Gerasimov, 1961; Salimova, 1963; V.M. Jalilova, 1963) yig’imdan so’ng qolgan o’simlik qoldiqlarini va daladagi begona o’tlarni yo’q qilishni, kuzgi shudgorlashni, bulardan tashqari, parniklarda sog’lom ko’chat yetishtirishni zararlanmagan, baquvvat ko’chatlarni tanlashni ham tavsiya etadilar. Baridlar ichida bryukva baridi xavfliroq bo’lib hisoblanadi. Olib borilgan
tadqiqotlar davomida bryukva baridiga qarshi Karbofos 50% k.e., Buldok 12,5% k.e., Sumi – alfa 5% k.e. preparatlarini qo’llanilgan. Karbofos ta’sir qiluvchi modda sof holda rangsiz suyuqlik bo’lib, qaynash harorati 1200S va uchuvchanligi 2,36 m3, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, 200 C haroratda suvdagi eruvchanlik 145mg/l. Karbofos o’ta chidamsiz va haroratning ortishi bilan juda tez parchalanadi, natijada avval juda zaharli tiol izomeri hosil bo’ladi. Karbofos bilan ishlov berilgan o’simliklar sirtidan tez bo’g’langanligi, yuqori harorat va fermentlar ta’sirida yengilgina yo’qotiladi. O’simlik tanasida fosfatazalar va karboksiesterazalar yordamida gidrolizlanadi, kam zaharli moddalar (dimeltiofosfat, malation va dikarbron kislotalari) hosil bo’ladi. Dala sharoitida karbofos 10-15 kun davomida, ichchiqxonalarda esa 7-8 kun davomida yo’qoladi. Tavsiya qilingan sarflash me’yorlarida karbofos himoya qilinuvchi
o’simliklarga salbiy ta’sir ko’rsatmaydi. O’zbekistonda Rossiyada ishlab chiqarilgan preparat Karbofos 50% li k.e. qo’llanilishga tavsiya qilingan. Preparat kontakt ta’sirli insektisid va akarisid bo’lib, boshlang’ich ta’siri juda tez boshlanadi, lekin qisqa muddatli, uning ta’sir qilish
muddati dala sharoitida 10 kun, issiqxonalarda esa 5-7 kun davom etadi. Hasharotlar organizmida Karbofos o’zgarishlar oqibatida kuchli zaharli ta’sir qiluvchi malaksonga aylanadi, shuning uchun ham u zararkunandalarga yuqori zaharli ta’sir qiladi, bunda ularning gidrolizlanishi sust davom etadi. Preparatni uzluksiz qo’llayverish natijasida karbofosga, shuningdek barcha fosfororganik pestisidlarga nisbatan chidamlilik vujudga keladi. Chidamli zararkunandalar organizmida karbofos zaharsiz moddalar holiga qadar parchalanib ketadi. Bu hol maxsus ferment malatisnoksidazaning ta’sirida yoki fosfatazalarning faolligi ortishi
sababli yuzaga keladi. Karbofos so’ruvchi hasharotlar va o’simlik kanalariga qarshi, shuningdek arrakashlarning yosh qurtlariga nisbatan samarali ta’sir qiladi. Karbofos pashshalar, chivinlar asalarilarga qarshi kuchli ta’sir ko’rsatadi. Suv hayvonlariga ham zaharlidir. Odam va issiqqonli hayvonlar uchun karbofos o’rtacha zaharlidir (uning texnik
mahsuloti O’D 50 ining ko’rsatkichi kalamushlar uchun 450-800 mg/kg dir). Surunkali ta’siri yo’q, teri shilliq qavatlariga nisbatan ta’sirchanligi kam. Buldok, 12,5% suspenziyali konsentrat (sus.k.). Sof moddasi: betasiflutrin. Germaniyaning Bayer firmasi tomonidan taklif qilingan ushbu insektisid sintetik piretroidlarga xos barcha xususiyatlarga ega bo’lib, o’rgimchakkanalardan tashqari ko’pgina so’ruvchi va kemiruvchi zararkunanda hasharotlarga qarshi yuqori samara beradi. U g’o’za va olmani himoyalashda (0,08 l/ga – 0,2 l/ga) hamda chigirtkalarga qarshi (0,04 l/ga) qo’llaniladi (Ruyxat, 2010). Issiqqonli hayvonlar uchun o’rtacha zaharli. Mavsumda bir dalada 2 martagacha ishlatishga ruxsat berilgan.
Sumi-alfa O’zbekistonda esfenvalereatlar guruhiga oid peretroitlardan Yaponiyaning «Sumitoma Kemikal» firmasi ishlab chiqargan Sumi-alfaning 5% li em.k. 0,4 l/ga qo’llaniladi. Bu rasemik fenvaleriatlar nihoyatda faol izomerlaridan bo’lib, Aa nomi bilan yuritiladi. Uning faolligi fenvaleriatlarga nisbatan 4 marta ortiqdir. Ta’sir qiluvchi moddasi sarg’ish yopishqoq suyuqlik bo’lib suvda yomon eriydi, biroq organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Quyosh nurlariga chidamli. Sumi-alfa sirtdan va meda-ichak orqali ta’sir qiluvchi insektisid bo’lib, unda
repellentlik va antifidantlik xossalari ham namoyondir. Himoya qilinuvchi o’simlikka tavsiya qilingan sarflash me’yorlarida xavfsizdir. Preparat nihoyatda kam miqdorda sarflanganligi sababli, tashqi muhit uchun salbiy ta’siri kamroq. Asalarilar uchun xavfsiz. Odam va issiqqonli hayvonlar uchun o’rtacha zaharli pestisidlar guruhiga mansubdir. Olib borilgan tajribalar davomida bryukva baridiga qarshi Karbofos 50% k.e., Buldok 12,5% k.e., Sumi-alfa 5% k.e. preparatlarini qo’llanilgan. Tajriba natijalari jadvalda keltirilgan.

Jadvaldan ko’rinib turibdiki, Karbofos 50% em.k. preparati 1 l/ga qo’llanilgan variantda umumiy zararkunanda soni, ishlov berishdan oldin 41,3 donani tashkil etgan bo’lsa, dori sepilagan kundan boshlab, 3, 7, 14 va 21 kunlari kuzatuv ishlari olib borildi va shunga o’z navbatida zararkunandani o’simlikdagi soni kamayib bordi, 21 kunga kelib 16,3 dona qolganligi kuzatildi, ya’ni samaradorik 73,1% ni tashkil etdi. Keyingi variantda ya’niy Buldok 12,5 % k.e. preparati gektariga 0,4 l miqdorda qo’llanilganda, ishlov berishdan oldin 100 ta o’simlikdagi zararkunanda soni 29,5 donani tashkil qilgan bo’lsa, preparat qo’llanilgandan keyingi kuzatuv kunlarda kamayib bordi va 21 kunga kelib biologik samaradorlik 78,9 % ni tashkil etgan
bo’lsa, eng yuqori samaradorlik Sumi-alfa preparati 0,3 l/ga normada qo’llanilganda
olindi, bunda biologik samaradorlik 94,5 % ni tashkil qildi.

Қуйидагиларни ўқиб кўринг:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *