Рамазон пидеси – туркча нон тайёрлаш

Masalliqlar

  • kungaboqar yog’i – 1 osh qoshiq
  • un – 4-5 stakan
  • shakar – 2 choy qoshiq
  • tuz – 1 choy qoshiq
  • xamirturush – 2 osh qoshiq
  • sut – 2 stakan
  • kunjut – ta’bga ko’ra
  • qatiq – 1 osh qoshiq
  • tuxum sarig’i – 1 dona
  • muz bo‘laklari – sedana ta’bga ko’ra

Tayyorlash usuli

Ramazan pidesi turklarning mashhur noni bo’lib, faqatgina ramazon oyida pishiriladi.

  • Sutga tuz va shakar solib yaxshilab aralashtiramiz.
  • Drojani ham qo’shib eriguncha aralashtiramiz.
  • Un solib xamir qoramiz.
  • Yumshoq, qo’lga yopishqoq xamir hosil bolgach, issiq joyga oshirish un qo’yamiz.
  • Oshgan xamirni mushtlab yana oshirishga qoyamiz. Yana oshgach yana mushtlaymiz.
  • Hammasi bo’lib 3martta oshiramiz.
  • 2ta zuvalaga ajratib olamiz.
  • Listga pergament qog’oz qo’yib, un sepib xamirni qo’yamiz.
  • Qo’limiz bn yoyib olamiz.
  • Keyin barmoqlarimiz bn non yuziga shakl beramiz.
  • Ustini yopib yana yarim soatga qoldiramiz.
  • Oshgandan so’ng yuziga bergan shaklimiz ustidan yana iz berib chiqamiz. Yuziga surtish uchun:
  • tuxum+qatiq+yog’ni yaxshilab aralashtirib non yuziga suramiz.
  • Kunjut va sedana sepamiz.

Qizigan duxovkada 170 gradusda 20-25 daqiqa pishirib olamiz.

Bu masalliqdan 2ta pide chiqadi. Man 2-zuvaladan buxanka non pishirdim.

Қуйидагиларни ўқиб кўринг:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *