Помидор ва унинг турлари

Biz ko’rib turgan tabiatdagi o’simlik va hayvon turlari ustida evolutsiyaning harakatlantiruvchi kuchlari million yillar davomida shug’ullangan. Ular uzoq yillik tadrijiy taraqqiyot mahsuli hisoblanadi. Lekin o’simlik navlari, hayvon zotlari haqida bunday deb bo’lmaydi. Ayni vaqtda barchamiz sevib iste’mol qiladigan pomidor (Solanum lycopersicum) o’simligining doimiy ekiladigan 3000 atrofida navlari bo’lib, umumiy navlarining soni 15 000 dan ortiqni tashkil etadi. Pomidor so’zi qanday ma’noni anglatishini bilasizmi? Bu so’z italyan tilidagi pomo d’oro so’zidan olingan bo’lib, “oltin olma” degan ma’noni anglatadi.

Pomidorning vatani Janubiy Amerikaning Chili, Peru va Ekvador kabi davlatlari bo’lib, u o’rta asrlarda dastlab Ispaniya, Portugaliya, keyinchalik Italiya, Fransiya va boshqa mamlakatlarga ham olib kelingan. XVIII asrda Rossiyaga kirib kelgan pomidor, biroz vaqt o’tib O’zbekiston hududida ham iste’mol qilina boshlangan. XVIII asr!!! Demak, Ibn Sino, Amir Temur, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi bobokalonlarimiz pomidor degan sabzavot haqida bilishmagan ekan-da! Qiziq, ular oshga salatni nimadan tayyorlashgan ekan-a? 🤔

Pomidor haqidagi siz bilmaydigan qiziqarli ma’lumotlardan yana biri shundan iboratki, u ham o’z vatanida asosan ko’p yillik o’t shaklida o’sadi, madaniylashtirish, qolaversa yangi muhitga iqlimlashtirish natijasida u bir yillik o’simlikka aylanib qolgan. Ba’zan issiqxona sharoitidagi pomidorlarning indeterminant navlari uch yilgacha qurimasdan yashab meva berishi bunga dalil bo’la oladi.

Bugun asosiy e’tiborni pomidorning navlariga qaratamiz. Boisi pomidor dunyo bo’ylab eng ko’p iste’mol qilinadigan sabzavot-mevalardan biri hisoblanadi. 2016 yilning o’zida butun dunyo bo’yicha 177 mln tonna pomidor yetishtirilgan, buning 32 foizi Xitoy hissasiga to’g’ri kelgan (Rostdan ham xitoylar juda pomidorxo’r xalq-da, qishin yozin do’kondan pomidor arimaydi, bir necha xili sotiladi). Bundan tashqari pomidor eksportida juda katta mablag’ aylanadi, birgina 2016 yilning o’zida pomidor sotish orqali davlatlar umumiy hisobda 85 mlrd AQSH dollari ishlab olishgan. Bu bilasizmi qancha mablag’ degani? Solishtirish uchun bir raqam keltiraman, 2018 yilda O’zbekistonning nominal YaIM 40,26 mlrd AQSH dollarini tashkil etdi, demak pomidor biznesida yiliga O’zbekiston YaIM dan ikki barobar ko’p mablag’ aylanadi. Qani yoshlar, bo’sh kelmaymiz, pomidor navlari ustida ilmiy ish qilishni boshlaymiz, pulning tagida qolib ketishimiz aniq :dollar::smiley:.

Pomidor navlari asosan bir-biridan mevasining shakli, rangi, hajmi, ma’zasi bilan farqlanadi. Siz qizil, sariq, jigarrang, pushti, yashil, sabzirang kabi pomidor navlari uchratgan bo’lsangiz kerak? Pomidorlar o’sishiga ko’ra yana ikki guruhga ajratiladi: determinant va indeterminant.
Determinant nav – bunda pomidor tupi bir marta qiyg’os gullaydi va mevalari ham bir vaqtda pishadi. Bir urinishda ushbu navlardan hosil yig’ishtirib olinadi.
Indeterminant navlar
esa tupini sovuq urguncha yoki boshqa sabab bilan qurib qolmaguncha birin ketin gullayveradi va mevalari ham shunga o’xshash ketma-ket pishaveradi. Biz xonadonlarda asosan mana shu guruhga oid navlarni yetishtiramiz.

Қуйидагиларни ўқиб кўринг:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *