Қулупнай етиштириш ҳақида…

O‘zbekistonda qulupnay ko‘chatlarini o‘tqazishning eng yaxshi vaqti iyul oyining oxiri va avgust oyining boshlaridir.

Qulupnay ko‘chatlarini o‘tqazishga tayyorlangan yer mineral va mahalliy o‘g‘itlar yoki kompost (chirindi) bilan ishlov berilgan bo‘lishi kerak. Qulupnay ko‘chatini o‘tqazishda oldindan tayyorlab olingan ko‘chat ildizi uchidan ozgina qismini kesib tashlanadi va maxsus tayyorlangan go‘ng qo‘shilgan suyuq loyga ko‘chat ildizini botirib olinadi, keyin kichik uya qazib o‘simlikni o‘tqaziladi.

Ko‘chatning ildizi o‘ta sayoz ham, o‘ta chuqur ham ko‘milmaydi. Bunda qatorlar orasi 70-80 sm, ko‘chatlar orasi esa 20-25 sm bo‘ladi. Ko‘chatni o‘tqazishdan oldin uning uchidagi 2-3 ta bargini qoldirib qolganini olib tashlanadi. Bu bilan o‘tqazilgan ko‘chatning suv bug‘latishini kamaytiradi va uni so‘lib-qurib qolishdan saqlaydi. Chunki yangi o‘tqazilgan o‘simlik ildizlari hali yangi joyga o‘rnashib ulgurmagan bo‘ladi va birmuncha vaqtgacha yerdan suv shimmay turadi.

Qulupnay ko‘chatlarini kunduzgi issiq qaytgandan keyin, kechga yaqin o‘tqazgan ma’qul.

Ko‘chatlarni o‘tqazib bo‘lgandan so‘ng, darhol sug‘oriladi. Keyingi kunlari esa ko‘chatlar yaxshi o‘rnashib ketgunga qadar 1-2 kun oralatib sug‘orib turiladi.

Ko‘chatlar o‘rnashib olgandan so‘ng imkoni bo‘lsa har sug‘orishdan keyin tuproqni yumshatib, begona o‘tlardan tozalab quruq go‘ng sochib turiladi.

Қуйидагиларни ўқиб кўринг:

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *